«o‘zbekiston temir yo‘llari» tegli maqolalar


“Afrosiyob” elektropoyezdlari uchun chiptalar narxi yana oshadi
25 aprel 2024, 18:21

“Afrosiyob” elektropoyezdlari uchun chiptalar narxi yana oshadi

15-maydan boshlab “Afrosiyob” elektropoyezdlarining chiptalari narxi ekonom klass uchun 20 foiz, biznes klass uchun 30 foiz va VIP klass uchun 40 foizga oshiriladi. “O‘zbekiston temir yo‘llari” narxlar oshishini elektr-energiya, yoqilg‘i, logistika va transport xarajatlarini qoplash maqsadi bilan izohladi.

Yangi vagonlar ishlab chiqish bo‘yicha dizayner va muhandislar o‘rtasida tanlov e’lon qilish kerak — prezident
20 mart 2024, 20:38

Yangi vagonlar ishlab chiqish bo‘yicha dizayner va muhandislar o‘rtasida tanlov e’lon qilish kerak — prezident

Prezident O‘zbekistonda elektropoyezdlar va metro poyezdlari ishlab chiqarish loyihasi bilan tanishdi, poyezdlar dizaynini o‘zgartirib, yo‘lovchilarga qulaylikni oshirishni buyurdi. “O‘zbekiston temir yo‘llari” rahbari ushbu poyezdlar import qilinayotganlaridan ancha arzon ekanini aytdi.

O‘zbekiston va Afg‘oniston Hayraton — Mozori Sharif temiryo‘lini rekonstruksiya qilishni boshladi (+ foto)
21 fevral 2024, 20:45

O‘zbekiston va Afg‘oniston Hayraton — Mozori Sharif temiryo‘lini rekonstruksiya qilishni boshladi (+ foto)

O‘zbekiston va Afg‘oniston chegarasida Hayraton — Mozori Sharif temiryo‘l liniyasini rekonstruksiya qilishning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Ta’mirlash ishlarining birinchi bosqichiga “O‘zbekiston temir yo‘llari” kompaniyasi tomonidan 120 nafar ishchi jo‘natildi. Foto.

Iyulda ishdan olingan “O‘zbekiston temir yo‘llari” sobiq raisi kompaniya bosh muhandisi bo‘ldi
14 dekabr 2023, 17:29

Iyulda ishdan olingan “O‘zbekiston temir yo‘llari” sobiq raisi kompaniya bosh muhandisi bo‘ldi

Besh oy avval “faoliyatida sustkashlikka yo‘l qo‘ygani uchun” ishdan olingan “O‘zbekiston temir yo‘llari” sobiq raisi Husnutdin Xosilov yana sohaga qaytdi. U kompaniyaning bosh muhandisi etib tayinlandi. Prezident u ishdan olingan yig‘ilishda “xiyonat qilganga o‘rin yo‘q”, deya ta’kidlagandi.

“Aybdor xodimni topish imkoni bo‘lmadi” — O‘TY turk sayyohining joy almashtirish uchun vagon kuzatuvchisiga pul bergani videosi haqida
19 oktabr 2023, 17:33

“Aybdor xodimni topish imkoni bo‘lmadi” — O‘TY turk sayyohining joy almashtirish uchun vagon kuzatuvchisiga pul bergani videosi haqida

Toshkent-Andijon yo‘lovchi poyezdida turk sayyohi joyini almashtirish uchun vagon kuzatuvchisiga 100 ming so‘m bergani haqida video tarqaldi. “O‘zbekiston temir yo‘llari” holatni o‘rgandi, biroq aybdor xodimni aniqlay olmaganini ma’lum qildi.

O‘zbekistonda 2026-yil oxiridan hashamatli sayyohlik poyezdi qatnovi yo‘lga qo‘yiladi
18 oktabr 2023, 14:36

O‘zbekistonda 2026-yil oxiridan hashamatli sayyohlik poyezdi qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

Italiyaning Arsenale kompaniyasi 66 nafar yo‘lovchiga mo‘ljallangan sayyohlik poyezdini ishlab chiqadi va quradi. U 2026-yil oxiridan boshlab Toshkent−Samarqand−Buxoro−Xiva yo‘nalishida harakatlana boshlaydi.

“O‘ztemiryo‘lkonteyner”ning davlat ulushini xususiylashtirish to‘xtatildi
17 oktabr 2023, 09:26

“O‘ztemiryo‘lkonteyner”ning davlat ulushini xususiylashtirish to‘xtatildi

Davaktiv agentligi “O‘ztemiryo‘lkonteyner” AJning davlat ulushini xususiylashtirish jarayonini to‘xtatdi. Chunki korxona “O‘zbekiston temir yo‘llari”ni isloh qilish doirasida “Temiryo‘lkargo”ga aylantirilmoqda.

“Temir yo‘llari” rahbarining birinchi o‘rinbosari — chayqovchilarning “sxemalari” va chet ellik bloger bilan bo‘lgan voqea haqida
16 oktabr 2023, 19:51

“Temir yo‘llari” rahbarining birinchi o‘rinbosari — chayqovchilarning “sxemalari” va chet ellik bloger bilan bo‘lgan voqea haqida

Poyezd chiptalari arzonligi sabab chayqovchilar biletni sotib olib, ustiga yana qo‘yib sotmoqda, dedi “O‘zbekiston temir yo‘llari” rahbarining birinchi o‘rinbosari Hikmatulla Rahmetov. Chiptalar arzonligi uchun qo‘lma-qo‘l bo‘lib ketmoqda. “Arzon tarif qilamiz deb, korrupsion tizimni o‘zimiz yaratdik”, — dedi u.

O‘zbekiston va Škoda o‘rtasida 30 ta elektropoyezd bo‘yicha shartnoma imzolandi. Abdulla Aripov kelishuvni inqilobiy deb atadi
12 oktabr 2023, 10:48

O‘zbekiston va Škoda o‘rtasida 30 ta elektropoyezd bo‘yicha shartnoma imzolandi. Abdulla Aripov kelishuvni inqilobiy deb atadi

“O‘zbekiston temir yo‘llari” va Škoda Group o‘rtasida 320 mln yevrolik 30 ta elektropoyezd yetkazib berish bo‘yicha shartnoma imzolandi. Bosh vazir Abdulla Aripov buni O‘zbekiston temir yo‘llari sohasi uchun inqilobiy deb atadi. Kelgusi yildan past polli harakat tarkiblarini ishlab chiqarish boshlanadi. Foto.

“O‘zbekiston temir yo‘llari”ning qarzlarni to‘lash muddati uzaytirilib, 150 mln dollarlik yangi kredit ajratiladi
11 oktabr 2023, 15:02

“O‘zbekiston temir yo‘llari”ning qarzlarni to‘lash muddati uzaytirilib, 150 mln dollarlik yangi kredit ajratiladi

Prezident “O‘zbekiston temir yo‘llari”ning Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi kreditlari bo‘yicha asosiy qarzini to‘lash muddatini foiz stavkalarini o‘zgartirmagan holda uzaytirishni ma’qulladi. Yuk va yo‘lovchi vagonlari ishlab chiqarish uchun Sanoatni rivojlantirish jamg‘armasidan 150 mln dollar kredit ajratilmoqda.

O‘zbekistonda uchta vokzalni DXSH doirasida rivojlantirish rejalashtirilmoqda
11 oktabr 2023, 12:21

O‘zbekistonda uchta vokzalni DXSH doirasida rivojlantirish rejalashtirilmoqda

Davlat-xususiy sheriklik doirasida Toshkent, Samarqand va Qo‘qon temir yo‘l vokzallarini rivojlantirish rejalashtirilmoqda. Shuningdek, “Navoiy-Uchquduq” uchastkasini elektrlashtirish, “Toshkent-Angren” ikkinchi elektrlashtirilgan liniyasini qurish va boshqa loyihalar samaradorligini o‘rganish topshirildi.

“O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati negizida qator yangi kompaniyalar tashkil etilmoqda
11 oktabr 2023, 11:20

“O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati negizida qator yangi kompaniyalar tashkil etilmoqda

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ negizida yil oxiriga qadar infratuzilma, yuk vagonlari va logistika, yo‘lovchi tashish (tezyurar poyezdlar uchun alohida) hamda vokzal boshqaruvi bo‘yicha alohida kompaniyalar tashkil etiladi. Prezident kompaniyani xoldingga aylantirish rejasini sentabr oyida e’lon qilgandi.

“O‘zbekiston temir yo‘llari” xolding kompaniyasiga aylantiriladi
25 sentabr 2023, 21:34

“O‘zbekiston temir yo‘llari” xolding kompaniyasiga aylantiriladi

“O‘zbekiston temir yo‘llari” xolding kompaniyasiga aylantiriladi. Prezident aholi chipta sotishdagi korrupsiya, vagonlardagi shart-sharoitlar va xizmat ko‘rsatishdan noroziligi hamda sohaga islohotlar zarurligini ma’lum qildi. Yuk tashuvchi temir yo‘l stansiyalarini shaharlardan tashqariga ko‘chirish taklif etilmoqda.

Toshkentda aeroport yaqinida qurilayotgan yo‘l o‘tkazgichning 5 ta to‘sini qulab tushdi
12 avgust 2023, 23:30

Toshkentda aeroport yaqinida qurilayotgan yo‘l o‘tkazgichning 5 ta to‘sini qulab tushdi

Toshkentda aeroport yaqinida qurilayotgan yo‘l o‘tkazgichning beshta to‘sini bir vaqtning o‘zida qulab tushdi. Rasmiy xabarlarda ularni o‘rnatish paytida ehtiyotsizlikka yo‘l qo‘yilgani aytildi. Iyul oyi oxirida O‘zbekiston prezidenti qurilish maydoniga tashrif buyurgan edi.

Zufar Narzullayev “O‘zbekiston temir yo‘llari” raisi v.b. bo‘ldi
14 iyul 2023, 11:40

Zufar Narzullayev “O‘zbekiston temir yo‘llari” raisi v.b. bo‘ldi

Zufar Narzullayev “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ raisi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. Prezident sobiq rahbar Husnutdin Xosilovni faoliyatida sustkashlikka yo‘l qo‘ygani uchun ishdan olgandi.

Elektropoyezdlar yo‘lovchilarning takliflarini o‘rgangan holda xarid qilinadi — “O‘zbekiston temir yo‘llari”
29 iyun 2023, 15:48

Elektropoyezdlar yo‘lovchilarning takliflarini o‘rgangan holda xarid qilinadi — “O‘zbekiston temir yo‘llari”

Ispaniyaning Talgo kompaniyasi O‘zbekiston uchun yana 4 ta Afrosiyob elektropoyezdini ishlab chiqarishi aytilgandi. “O‘zbekiston temir yo‘llari” endilikda elektropoyezdlar faqat Talgo tomonidan emas, yo‘lovchilar taklifiga ko‘ra dunyodagi ko‘zga ko‘ringan boshqa kompaniyalardan ham xarid qilinishini bildirdi.

“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” Varlamovning O‘zbekistondagi “lyuks” poyezdlar haqidagi tanqidiga izoh berdi
21 may 2023, 18:25

“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” Varlamovning O‘zbekistondagi “lyuks” poyezdlar haqidagi tanqidiga izoh berdi

Rossiyalik bloger Ilya Varlamov O‘zbekistonda “lyuks” vagondagi sayohati davomida skotch yopishtirilgan derazalar, kir stol va hojatxona hamda buzilgan dushga e’tibor qaratdi. “Poyezd boshlig‘i yoki vagon nazoratchisi o‘zbeklarni „podstava“ qilyapti”, — dedi u. “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” holat yuzasidan izoh berdi.

Afrosiyob poyezdining to‘xtab qolishiga «osmon fonusi» sababchi bo‘lgani aniqlandi
2 yanvar 2023, 22:55

Afrosiyob poyezdining to‘xtab qolishiga «osmon fonusi» sababchi bo‘lgani aniqlandi

«Buxoro-Toshkent» reysining Afrosiyob poyezdining to‘xtab qolishiga bayram kunlari temir yo‘l yaqinida uchirilgan «osmon fonusi» sabab bo‘lgani aniqlandi. U elektrovoz kollektoriga urilib, qisqa tutashuv va kontakt simining uzilishiga olib kelgan.

To‘xtab qolgan Afrosiyob poyezdi yo‘lovchilariga chipta pullari qaytarib beriladi
2 yanvar 2023, 11:39

To‘xtab qolgan Afrosiyob poyezdi yo‘lovchilariga chipta pullari qaytarib beriladi

1 yanvar kuni «Buxoro-Toshkent» yo‘nalishidagi Afrosiyob poyezdi Toshkent viloyati hududida ikki soatga to‘xtab qoldi. Yo‘lovchilar uchun boshqa tarkib jo‘natildi. Yo‘lovchilarga chipta pullari qaytarib beriladi.

O‘zbekiston Afg‘onistondagi temir yo‘l liniyasini boshqarish huquqidan mahrum bo‘ldi
7 dekabr 2022, 18:17

O‘zbekiston Afg‘onistondagi temir yo‘l liniyasini boshqarish huquqidan mahrum bo‘ldi

Qozog‘istonga tegishli kompaniya Afg‘onistondagi Hayraton — Mozori Sharif temir yo‘lini boshqarish huquqiga ega chiqdi. Uning boshqaruvi 2011 yildan beri «O‘zbekiston temir yo‘llari» sho‘ba korxonasida edi. Yangi kompaniya avvalgidan 5 baravar uzunroq liniyaga deyarli 4 baravar arzonroqqa xizmat qiladi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting